Maxfiylik siyosati
Kuchga kirgan sana: 2026-yil 31-oktabr
Bu siyosat Impuls mobil ilovasi (Android va iOS), Telegram bot, Mini App va impulsai.uz sayti (birgalikda "Impuls") qanday ma'lumot yig'ishi, undan nima uchun foydalanishi va kim bilan ulashishini tushuntiradi. Impulsni O'zbekistondagi Impuls jamoasi ("biz") yuritadi. Ma'lumotlaringiz O'zbekiston Respublikasining "Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risida"gi qonuniga muvofiq qayta ishlanadi.
1. Qanday ma'lumot yig'amiz
Hisob ma'lumotlari
Kirish usuliga qarab quyidagilarni olamiz:
- Telegram: Telegram ID, ism, foydalanuvchi nomi (username) va profil rasmi (agar bo'lsa).
- Google: Google hisobi identifikatori, ism va email.
- Apple: Apple identifikatori, email (Apple yashirgan email bo'lishi ham mumkin) va ism, agar uni ulashsangiz.
- Mehmon rejimi: qurilmada yaratiladigan anonim hisob. Ism ham, email ham so'ralmaydi.
Profilingizga o'zingiz qo'shadigan ma'lumotlar ham saqlanadi: ism, avatar rasmi, ingliz tili darajasi, maqsad va imtihon sanasi.
O'qish ma'lumotlari
Test va mashq javoblari, natijalar, yozma ishlar (Writing), og'zaki javoblarning audio yozuvlari (Speaking), XP, tangalar, streak, lug'at, o'quv rejasi, reyting va duel natijalari.
AI ustoz bilan suhbat
AI ustozga yozgan matnlaringiz, yuborgan ovozli xabarlaringiz va rasmlaringiz. Iltimos, AI suhbatga parol, hujjat raqami yoki boshqa maxfiy ma'lumot yozmang.
Qurilma va texnik ma'lumotlar
Qurilma modeli, operatsion tizim, ilova versiyasi, interfeys tili, vaqt mintaqasi, IP-manzil, push-bildirishnoma tokeni, ilovadagi harakatlar (qaysi ekran ochilgani, qaysi tugma bosilgani), xatolik hisobotlari (crash) va ishlash tezligi o'lchovlari.
Reklama identifikatori
Reklama ko'rsatish uchun Android'da Google reklama identifikatori (AAID), iOS'da esa IDFA ishlatiladi. IDFA faqat siz kuzatuvga ruxsat bersangiz olinadi. Batafsil 4-bo'limda.
Ruxsatlar
Ilova mikrofon, kamera, rasmlar galereyasi va bildirishnomalarga faqat siz shu funksiyadan foydalanganingizda ruxsat so'raydi. Masalan, mikrofon Speaking javobi yoki AI ustozga ovozli xabar yozish uchun kerak, kamera va galereya esa AI ustozga rasm yuborish uchun. Ruxsatni istalgan vaqtda telefon sozlamalaridan bekor qilishingiz mumkin.
Nimalarni yig'MAYMIZ
Kontaktlaringizni, aniq joylashuvingizni va to'lov kartangiz ma'lumotlarini yig'maymiz.
2. Ma'lumotdan nima uchun foydalanamiz
- Hisobingizni yaratish, kirishingizni ta'minlash va progressingizni qurilmalar o'rtasida saqlash.
- Javoblaringizni tekshirish, darajangizni aniqlash va shaxsiy o'quv rejasi tuzish.
- AI ustoz ishlashi uchun: tushuntirish, Writing va Speaking javoblarini baholash.
- Reyting, duellar va do'st taklif qilish kabi funksiyalar uchun.
- Eslatma va bildirishnomalar yuborish uchun (ularni sozlamalarda o'chirib qo'yishingiz mumkin).
- Xatolarni topish, ilovani tezlashtirish va qaysi funksiyalar foydali ekanini tushunish uchun.
- Reklama ko'rsatish va ko'rilgan reklama uchun tanga berish uchun.
- Firibgarlik va suiiste'mollarning oldini olish, qonun talablarini bajarish uchun.
3. Ma'lumotni kim bilan ulashamiz
Ma'lumotlaringizni sotmaymiz. Ularni faqat Impulsning ishlashiga yordam beradigan xizmatlar bilan, faqat kerakli qismini ulashamiz:
- Google Firebase (Analytics, Crashlytics, Performance Monitoring, Cloud Messaging): statistika, xatolik hisobotlari va push-bildirishnomalar uchun. Firebase maxfiyligi
- Google Gemini / Vertex AI va zaxira provayder sifatida Groq: AI ustoz javoblari, Writing va Speaking baholash uchun. AI suhbatdagi matn, ovoz va rasmlar shu xizmatlarga yuboriladi va ular tomonidan o'z shartlari asosida qayta ishlanadi. Google maxfiyligi, Groq maxfiyligi
- Yandex Advertising Network (Yandex Mobile Ads SDK): reklama ko'rsatish uchun. Yandex maxfiylik siyosati
- Telegram, Google va Apple: siz tanlagan kirish usuli orqali hisobingizni tasdiqlash uchun. Telegram, Apple
Boshqa foydalanuvchilar ko'radigan ma'lumotlar:
- Reytingda va duellarda ismingiz qisqartirilgan holda (masalan, "Aziz R.") va natijangiz ko'rinadi. Reytingda ko'rinishni ilova sozlamalaridan o'chirib qo'yishingiz mumkin.
- Natijangiz yoki taklif havolasini ulashsangiz, havolani ochgan odam ismingizni va natijangizni ko'radi.
Qonunda belgilangan hollarda, vakolatli davlat organlarining rasmiy so'rovi bo'yicha ham ma'lumot berishimiz mumkin.
Yuqoridagi xizmatlarning ayrimlari O'zbekistondan tashqarida joylashgan. Ular orqali ma'lumot xorijga uzatilishi mumkin.
4. Reklama haqida
Impuls bepul ishlashi uchun ilovada reklama bor. Bu reklama siz uchun qanday ishlashi:
- Reklama o'zi chiqib qolmaydi. Hozircha faqat mukofotli (rewarded) reklama bor: tanga yetmay qolganda "Reklama ko'rish · +N tanga" tugmasi chiqadi. Reklama faqat shu tugmani o'zingiz bossangiz ko'rsatiladi.
- Reklama dars, imtihon yoki ovoz yozish jarayonini bo'lmaydi.
- Reklamani Yandex Advertising Network ko'rsatadi. Buning uchun Yandex SDK reklama identifikatori, qurilma turi, operatsion tizim, IP-manzil va reklamaga munosabatingiz (ko'rildi, bosildi) kabi ma'lumotlarni oladi. Yandex ularni o'z siyosati asosida qayta ishlaydi.
- iOS'da birinchi reklamadan oldin Apple'ning "Kuzatuvga ruxsat berasizmi?" (App Tracking Transparency) oynasi chiqadi. Rad etsangiz IDFA berilmaydi: reklama shaxsiylashtirilmagan bo'ladi, lekin tanga olish imkoniyati saqlanadi.
- Android'da reklama identifikatorini qayta tiklashingiz yoki shaxsiy reklamani o'chirishingiz mumkin: Sozlamalar → Google → Reklama.
- iOS'da ruxsatni keyin ham o'zgartirishingiz mumkin: Sozlamalar → Maxfiylik va xavfsizlik → Kuzatuv.
- Ko'rilgan reklama uchun tangani serverimiz beradi. Bu uchun reklama ko'rilgani haqidagi yozuvni saqlaymiz: vaqt va bir martalik identifikator. Kuniga ko'riladigan reklama soni cheklangan.
5. Ma'lumot qancha saqlanadi
- Hisob va o'qish ma'lumotlari: hisobingiz bor ekan saqlanadi.
- AI suhbatdagi ovozli xabarlar: 7 kun saqlanadi, keyin o'chiriladi. Ovozdan olingan matn suhbat tarixida qoladi.
- Ilova ichidagi xabarlar (inbox): taxminan 40 kun.
- AI so'rovlari jurnali (texnik yozuvlar): 30 kun.
- Kirish sessiyasi: qurilmada 60 kungacha faol turadi, keyin qayta kirish so'raladi.
- Statistika va xatolik hisobotlari: Google Firebase'ning saqlash muddatlariga ko'ra.
Hisobingizni o'chirsangiz, ma'lumotlaringiz darhol o'chiriladi. Zaxira nusxalar (backup) 14 kun ichida yangilanadi, shundan keyin ma'lumotlaringiz hech qayerda qolmaydi. Shaxsni aniqlab bo'lmaydigan umumiy statistika saqlanib qolishi mumkin.
6. Hisobni o'chirish va huquqlaringiz
Sizning huquqlaringiz:
- ma'lumotlaringiz haqida bilish va ulardan nusxa olish;
- noto'g'ri ma'lumotni tuzattirish;
- ma'lumotlarni o'chirtirish;
- rozilikni qaytarib olish (masalan, bildirishnoma, mikrofon yoki kuzatuv ruxsati).
Hisobni o'chirish: ilovada Profil → Sozlamalar → Hisobni o'chirish. Ilovasiz o'chirish uchun impulsai.uz/account/delete sahifasidan foydalaning. Boshqa so'rovlar uchun bizga info@impulsai.uz manziliga yozing. 30 kun ichida javob beramiz.
7. Xavfsizlik
Ma'lumotlar shifrlangan ulanish (HTTPS) orqali uzatiladi. Kirish tokenlari qurilmaning himoyalangan xotirasida saqlanadi. Serverlarga kirish faqat mas'ul xodimlarga ruxsat etilgan. Hech bir tizim 100% xavfsiz emas, lekin ma'lumotlaringizni himoya qilish uchun oqilona choralarni ko'ramiz.
8. Bolalar
Impuls 13 yoshdan kichik bolalar uchun mo'ljallanmagan va ulardan ataylab ma'lumot yig'maydi. 13 yoshdan 16 yoshgacha bo'lsangiz, ilovadan ota-onangiz yoki vasiyingizning roziligi bilan foydalaning. Agar 13 yoshdan kichik bola ro'yxatdan o'tganini bilsangiz, bizga yozing, hisobni o'chiramiz.
9. O'zgarishlar
Siyosatni yangilashimiz mumkin. Yangi versiya shu sahifada, yangi sana bilan e'lon qilinadi. Muhim o'zgarishlar haqida ilova orqali ham xabar beramiz.
10. Aloqa
Impuls jamoasi, O'zbekiston
- Email: info@impulsai.uz
- Telegram: @impulsuz_bot
- Sayt: impulsai.uz